
Vaterpol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Poytaxtimizdagi suv sportiga ixtisoslashgan respublika markazida 1998-1999 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida vaterpol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Aynan ushbu musobaqa shu yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida ilk bor suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va vaterpol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tamoqda. Vaterpol bo‘yicha o‘tadigan bellashuvlarda esa Jahon chempionati bahslariga yo‘llanmalar o‘ynaladi.
Fikrlar