
"Valyadolid"ni jiddiy sinov kutib turibdi, raqib - "Barselona"
Avval xabar berganimizdek bugun Ispaniya La Ligasida ham 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, shu kuni amaldagi chempion "Barselona" safarda "Valyadolid" mehmoni bo‘ladi.
Quyida ushbu uchrashuvga oid ba’zi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
- Ushbu jamoalar shu kungacha o‘zaro 84 marta to‘qnash kelishgan. Shulardan 54tasida kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 16 marta valyadolidliklar g‘alaba qozonishgan. Qolgan 14ta bahs durang bilan tugagan.
- Eslatib o‘tamiz, “Valyadolid” o‘tgan mavsum o‘z maydonida “Barselona”ni 1:0 hisobida engan edi. Biroq, ular bungacha naqd 16 yil Kataloniya super klubini taslim eta olishmagan.
"Valyadolid" – "Barselona"
Stadion: "Xose Sorrilya"
Boshlanish vaqti: 01:15
Bosh hakam: De Burgos Bengoechea
Taxminiy tarkiblar:
"Valyadolid": Masip, Moyano, Kalero, Nacho, Olivas, Moxamed, Alkaraz, Fernandes, Suares, Plano, Keko.
"Barselona": Ter Shtegen, Roberto, Umtiti, Pike, Alba, Koutino, Buskets, Rakitich, Dembele, Messi, Suares.
Fikrlar