
“Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” janglariga o‘zgartirish kiritildi
Birozdan so‘ng WSB VII mavsumidan o‘rin olgan "Uzbek Tigers" hamda "Patriot Boxing Team" jamoalari o‘rtasidagi janglar start oladi.
Mazkur janglardan oldin janglarga biroz o‘zgartirishlar kiritildi. An’anaga ko‘ra, janglar engil vazndan boshlanishini kerak edi, biroq bu safar ilk jangni 49kg vazndagi bokschilari Hasanboy Do‘smatov va Bator Sagaluev emas, balki 56 kg vazndagi bokschilar Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov qarama-qarshiligi boshlab berishadi.
Shundan so‘ng 64, 75, 91 va 49 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tariladilar.
Saytimizdan uzoqlashmang, janglardan matnli onlayn translyatsiyani quyidagi link orqali kuzatib borishingiz mumkin.
The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.
Fikrlar