“Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” bokschilari taroziga chiqishdi (foto)

CHERY AUTO


Bugun poytaxtimizdagi “Grand Mir” mehmonxonasida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team jamoalari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Tecno

Unda musobaqa rasmiylari, tashkilotchilar, sportchilar va jurnalistlar ishtirok etib, ertangi janglar borasida fikr almashildi.

Shuningdek, tadbir so‘nggida an’anaga muvofiq bokschilar o‘rtasida vazn tortish marosimi o‘tkazildi. Hozir e’tiboringizga mazkur marosimdan fotoreporajni taqdim etamiz.

49 kilogramm:
Hasanboy Do‘smatov - Bator Sagaluev

56 kilogramm:
Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov

64 kilogramm:
Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov

75 kilogramm:
Isroil Madrimov - Rajab Rajabov

91 kilogramm:
Zuhriddin Mahkamov Zuxriddin - Islom Tekeev Islam

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!