“Uzbek Tigers” WSB turniri "A" guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

CHERY AUTO

Kecha Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasida Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum “A” guruhida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Uzbek Tigers” jamoasi “Caciques Venesuela” bokschilarini qabul qildi. 5-6-tur bahslarida jamoalarning S1 va S2 guruhi bokschilari kuch sinashdi.

Tecno

S1 guruhi ishtirokidagi janglarda “Uzbek Tigers” 5:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, S2 bokschilari ishtirokidagi to‘qnashuvlar nokautlarga boy bo‘lib, unda ham vakillarimizning qo‘li baland keldi. 4:1. Shunday qilib, Venesuela jamoasi ushbu turnirni tark etdi.

Mazkur g‘alabalardan so‘ng o‘zbek jamoasi ochkolar sonini 13 taga etkazib, “A” guruhida etakchiga aylanib oldi. Keyingi o‘rinda esa turnirning amaldagi vitse-chempioni “Cuba Domadores” 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Colombia Heroicos” hisobida 7 ochko uchinchi o‘rinni egallab turibdi, biroq bu jamoalar 13 aprel kuni guruhdagi 6-tur uchrashuvini o‘tkazishadi va shu bilan guruh bahslariga batamom yakun yasaladi.

Turnir jadvali bilan tanishing:

“A” guruhi

Jamoalar

Ochko

Janglar

G‘alaba

Mag‘lubiyat

Durang

1. UZBEK TIGERS (O‘zbekiston)

13

6

4

2

0

2. CUBA DOMADORES (Kuba)

12

5

4

1

0

3. COLOMBIA HEROICOS (kolumbiya)

7

5

2

3

0

4. CACIQUES VENEZUELA (Venesuela)

4

6

1

5

0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!