
Useyn Bolt futbolda debyut qildi (foto)
Yugurish bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblangan Useyn Bolt Norvegiyaning "Stryomsgodset" klubi safida futbolchi sifatida debyut qildi.
Yamaykalik atlet Norvegiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsining 71-daqiqasida zahiradan maydonga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Bolt bundan avval Dortmundning “Borussiya” klubi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan edi.
Fikrlar