
Useyn Bolt: Noyabr oyi oxirigacha birorta klub bilan shartnoma imzolayman yoki futbol haqidagi orzularimga yakun yasayman
Dunyoga mashhur sprinter Useyn Bolt tez orada futbolchilik faoliyatini davom ettirish borasida yakuniy qarorga kelishini aytdi.
“Noyabr oyi oxirigacha bir qarorga kelaman: yoki biror bir klub bilan shartnoma imzolayman, yoki futbol haqidagi orzularimga yakun yasayman”, - deydi yamaykalik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Bolt bundan avvalroq Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" klubi yig‘inida ishtirok etib bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushishga ulgurgan edi. Ammo, yakunda u klub rahbariyati bilan kelisha olmadi va jamoani tark etdi.
Fikrlar