
Urugvay terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi
Oskar Tabares boshchiligidagi Urugvay terma jamoasi murabbiylar shtabi JCh-2018 uchun futbolchilarning yakuniy tarkibini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Fernando Muslera («Galatasaroy»), Martin Silva («Vasko da Gama»), Martin Kampanya («Independente»).
Himoyachilar: Martin Kaseres («Latsio»), Gilermo Varela («Penyarol»), Sebastyan Koates («Sporting» Lissabon), Gaston Silva («Independente»), Maksi Pereyra («Portu»), Diego Godin, Xose Ximenes (ikkalasi – «Atletiko»).
Yarim himoyachilar: Lukas Torreyra («Sampdoriya»), Matias Vesino («Inter»), Rodrigo Bentankur («Yuventus»), Naitan Nandes («Boka Xuniors»), Karlos Sanches («Monterrey»), Kristian Rodriges («Penyarol»), Diego Laksalt («Jenoa»), Jorjian De Arraskaeta («Kruzeyro»).
Hujumchilar: Xonatan Urretaviskayya («Monterrey»), Maksi Gomes («Selta»), Edinson Kavani («PSJ»), Luis Suares («Barselona»), Kristian Stuani («Jirona»).
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi mundialning “A” guruhida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar