
Ulug‘bek Baqoev Sergeevni maqtadi
Oliy liga 28-turidan o‘rin olgan "Buxoro" xamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng mehmonlar ustozi "Ulug‘bek Baqoev bahs borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Buxoro" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"O‘yin qiziqarli va qiyin kechdi. O‘yinchilarimizga raxmat deyman. “Loko”ni bugungi g‘alabasi bilan tabriklayman. O‘yin boshidanoq darvozabonni almashtirishga to‘g‘ri keldi. Chunki ikkita goldan keyin Tursunboev ruhan sinadi va shu boisdan uni almashtirishga qaror qildim.
Biz “Lokomotiv” dan tarkib jixatdan ozgina pastdamiz shuning uchun ham bugun ular g‘alaba qozondi desam yanglishmayman. Shuning uchun bugun yigitlarimiz o‘zi xoxlagan o‘yinni ochib bera olmadi.
To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasida nima ruy berganini tushunmadim. Ikkinchi taymda esa o‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Bugun himoyadan o‘yin tashkil qildik. Chunki "Lokomotiv" yuqori salohiyatli jamoa. Ayni paytda kuch jihatdan ular bizdan ustun.
Kelajak haqidagi savolingizga kelsak bu borada hali o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Mavsum tugagach bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Jamoada qolamanmi? Bilmadim. Shartnomam yil yakunida nihoyasiga etadi. Klub rahbariyati bilan bu borada gaplashib olamiz.
Chempionatda kim ikkinchi o‘rinni egallaydi degan savolingiz bo‘yicha meni taxminimni bilmoqchimisiz? To‘g‘risi, men ikkinchi o‘rin uchun kurashdagi raqobat haqida fikr bildirgim kelmayapti.
Menga qaysi hujumchilar yoqadi degan savolingizga misol tariqasida Igor Sergeev yaxshi hujumchilar sirasiga kiradi deyishim mumkin. U nafaqat gollar uradi, balki maydonda keng ko‘lamdagi ishni bajaradi. Shuningdek, Bahodir Nasimov ham yaxshi hujumchi", – deya fikrlarini bildirib o‘tdi Ulug‘bek Baqoev
Fikrlar