Ulug‘bek Baqoev: Ruhiy tushkunlikdan chiqa olmayapmiz

  • 23 iyul, 2018, 23:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun mamlakatimizning bir qator shaharlarida Superliganing 18-turidan o‘rin olgan ba’zi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Jumladan, bugun AGMK o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda Yovan Jokichning dubli olmaliqliklarga uzoq kutilgan g‘alabani taqdim etdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- To‘g‘risi bir narsa diyishim qiyin. So‘nggi uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlar bizga ruhan qattiq ta’sir qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak biz tezlikda ruhiy muammoyimizni bartaraf qilishga ulgurmayapmiz. Deyarli har bir o‘yinda yigitlarda jaroxat! O‘yinlar biz uchun og‘ir kechyapti nazarimda. Lekin bu doimiy emas albatta. Yigitlarga raxmat. «AGMK»ni bugungi g‘alabasi bilan tabriklayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!