
Ulug‘bek Baqoev: Imkoniyatlardan foydalana olmadik
Xabaringiz bor kecha mamlakatimizning bir qator shaharlarida Superliganing 17-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Jumladan, shu kuni Buxoroda “Buxoro” Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qildi. O‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so‘ng maydon egalari bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Yigitlarga maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Barcha ko‘rdi, bugun ancha-muncha qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin ulardan foydalanishda omad kelmadi. Shu o‘rinda, stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha ishqibozlarimizga rahbat aytaman”, - deya ta’kidladi mutaxassis.
Fikrlar