
Uilsher "Arsenal" safida 2,5 yildan so‘ng yana gol urdi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher kecha UEFA Evropa ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida Belarusning "Bate" (6:0) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun so‘nggi 2,5 yil ichida "Arsenal" safida rasmiy uchrashuvlarda kiritgan birinchi goli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Uilsher so‘nggi marta 2015 yilning may oyida "Vest Bromvich" darvozasini ishg‘ol etgan.
Fikrlar