Uaylder: Joshuani birinchi raundda nokaut qilsam hayron bo‘lmang

  • 25 dekabr, 2017, 15:34
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasining WBC kamari sohibi Deontey Uaylder britaniyalik Entoni Joshua bilan jang qilishni juda-juda istamoqda. U britaniyalik bokschining buni xohlayotganini ta’qidlab o‘tgan.

Tecno

Biz ikkimiz o‘rtaga hayotimizni qo‘yamiz. Odamlarga xohlayotgan narsasini berish kerak. Jang tashkil qilamiz. U jangchi, men ham. Ko‘ramiz, kim kuchli ekan, – deya Uaylderning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

O‘ylaymanki, men yaxshiroqman. Joshua men bilan bitta ringga uchrashishni juda xohlayapti deb o‘ylamayman. Agar men uni birinchi raundda nokautga uchratsam hayron bo‘lmanglar.

Avvalroq Joshuaning promouteri Eddi Xirn Uaylder bilan jang borasidagi muzokaralar boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!