
UFC chempioni Jon Jons keyingi jangini kimga qarshi o‘tkazadi?
UFC yarim og‘ir vazn chempioni Jon Jons Entoni Smit bilan qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu bahs joriy yilning 2-mart kuni Las-Vegasda tashkillashtiriladigan UFC 235 turniri doirasida bo‘lib o‘tish e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Jons 29 dekabr kuni Aleksandr Gustafssonni mag‘lub etib 3-marotaba yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Entoni Smit esa ushbu vaznda 2018 yildan buyon kurash olib bormoqda va shu davr mobaynida ketma-ket uchta bellashuvda muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar