U-23 OCh: O‘zbekiston ChEMPION!!!

  • 27 yanvar, 2018, 16:55
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoyda U-23 yoshliklar o‘rtasida Osiyo chempionati final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Vetnam - O‘zbekiston o‘zaro bahs olib bordi.  

Tecno

8-daqiqada Dostonbek Hamdamov burchakdan oshirib bergan to‘pni Rustamjon Ashurmatov darvozaga joylab qo‘ydi.

41-daqiqada esa raqiblar ham jarima zarbasidan to‘g‘ri darvozamizni ishg‘ol qilishdi. Bu holatda Nguen Quang Xai xuddi Messi kabi chap oyoqda gol urdi.

Qolgan daqiqalarda tomonlar har qancha harakat qilishmasin o‘yinning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi.

Qo‘shimcha taymlarning ikkinchisi o‘tib borayotganda Andrey Sidirov ham burchakdan oshirib berilgan to‘pni darvozaga jonladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston Osiyo ChEMPIONiga aylandi. 

Vetnam U-23 - O‘zbekiston U-23 1:2 

Gollar: Rustamjon Ashurmatov 8, Nguen Quang Xai 41, Andrey Sidirov 120

Vetnam: 1.Bui Tien Dung, 2.Pxam Xuan Manx, 4.Bui Tien Dung, 6.Luong Xuan Truong, 8.Pxam Duk Xuy (13.Xa Duk Chinx, 58), 10.Nguen Song Pxuong (20.Bui Tien Dung, 80), 11.Do Duy Manx, 14.Pxan Van Duk (7.Nguen Pxong Dong Duy, 109), 17.Vu Van Txanx, 19.Nguen Quang Xai, 21.Tran Dinx Trong.

O‘zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (22.Bobir Abdixoliqov, 103), 6.Azizjon G‘aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboev (16.Doniyor Narzullaev, 46), 9.Zabihillo O‘rinboev, 10.Javohir Sidiqov (11.Andrey Sidirov, 118), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Jasurbek Yaxshiboev 10, Odiljon Hamrobekov 35, Bui Tien Dung 101, Dostonbek Tursunov 111, Do Duy Manx 111.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!