Tyago Silva "Bavariya"ga qarshi bahsda jarohat oldi

  • 6 dekabr, 2017, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi himoyachisi Tyago Silva kecha bo‘lib o‘tgan “Bavariya”ga qarshi EChL guruh bosqichi so‘nggi turida jarohat oldi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, braziliyalik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsada, 72-daqiqada raqib jamoa hujumchisi Robert Levandovski bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng zahiraga olindi.

Silva uchrashuvdan so‘ng bergan intervyusida tizzasini jarohatlab olgani haqida aytgan. Xabarlarga qaraganda futbolchi tez orada tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ladi.

Shu tariqa Tyago Silva 9 dekabr kuni Frantsiya chempionati 18-turida bo‘lib o‘tadigan “Lill”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!