
Turkmanistonda og‘ir atletika bo‘yicha JCh yakunlandi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bahslari o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlarida terma jamoamiz a’zosi Rustam Jangabaev eng og‘ir vazn toifasida siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha bronza medallariga egalik qildi.
Shu tariqa kichik medallar bilan hisoblaydigan bo‘lsak, terma jamoamiz vakillari joriy turnirda 1 tadan oltin va kumush, shuningdek, 3 ta bronza medallariga egalik qildi. Ikki kurash bo‘yicha esa 1 ta bronza medali bilan musobaqani yakunlashdi. Quyida jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni eslatib o‘tamiz:
- Oltin medal: Akbar Jo‘raev (dast ko‘tarish mashqi, 180 kg), -102 kg vazn toifasida
- Kumush medal: Doston Yoqubov (siltab ko‘tarish mashqi, 180 kg), -62 kg.
- Bronza medallari: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish, 227 kg), -109 kg.
- Rustam Jangabaev (siltab ko‘tarish, 245 kg), +109 kg.
- Rustam Jangabaev (ikki kurash, 447 kg), +109 kg.
Fikrlar