Toshkentdagi so‘nggi 5 o‘yinda “Qo‘qon-1912” “Paxtakor”ga yirik hisobida mag‘lub bo‘lgan

  • 13 oktabr, 2017, 14:23
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga "Qo‘qon-1912" Toshkentda “Paxtakor” klubi mehmoni bo‘ladi. Qo‘qonliklar ushbu bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermioqda. 

Tecno

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga bog‘liq statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

“Paxtakor” va “Qo‘qon-1912” oliy ligada shu kunga qadar 23 marta to‘qnash kelishgan. Toshkent klubi 13 marta g‘olib bo‘lgan, 5 ta o‘yinda durang qayd etilgan. Qo‘qonliklar hisobida 5 ta g‘alaba mavjud. To‘plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda – 65:35. O‘zaro o‘yinlarda “Paxtakor” 44, “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni  qo‘lga kiritgan.

Birinchi davrada Qo‘qondagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvlar:

11.03.2016 «Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» 4:0

08.08.2015  «Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» 4:1

18.03.2003 «Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» 5:1

30.08.2002 «Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» 5:0

26.08.2000 «Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» 7:1

Yo‘qotish

“Paxtakor”ga qarshi kechadigan o‘yinda jamoamiz etakchilari, Nosir Otaqo‘ziev, va Akmal Xolmurodov ishtirok eta olishmaydi. "Qo‘qon-1912" sardori jarohati olgan bo‘lsa, Akmal Xolmurodov sariq kartochkalari to‘planib qolgani bois diskvalifikatsiyaga uchradi.

Hakamlar

Toshkentdagi o‘yinni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi.

Bugungi qadar ushbu hakam jamoamiz ishtirokidagi ikkita uchrashuvini boshqargan.  “Mash’al” –“Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini aynan Vadim Agishev boshqargandi. E’tiborlisi bu safar ham ushbu referi qo‘qonliklarning safardagi o‘yinida ishlaydi.

Oliy liga

24-tur

“Paxtakor” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), N. Ro‘zimov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)

Nazoratchi: Nexochin (Namangan)

O‘zPFL vakili: G. Rtveladze

Boshlanish vaqtlari

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 13 oktyabr, juma kuni "Jar" stadioni kichik maydonida 15:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini "Paxtakor" stadionida 14 oktyabr kuni 17:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!