To‘rt superklub kutayotgan futbolchi ijarada vaqt o‘tkazyapti

  • 9 yanvar, 2017, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
Angliya chempionatida ishtirok etayotgan "Manchester Siti" va "Everton", Italiya A seriyasida o‘ynayotgan "Milan" va "Roma" jamoalari bir futbolchi ortidan "ov"ga chiqishgan.
 
"Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilsher London klubiga kerakmas bo‘lib qoldi. Ayni paytda "Bornmut"da ijara muddatini o‘tayotgan 24 yoshli futbolchiga Arsen Venger yangi shartnoma taklif qilmayapti. Amaldagi kelishuv esa yana bir yarim yil davom etadi.
 
 
Jek Uilsher "Everton"ning asosiy transfer mo‘ljali hisoblanadi. Biroq liverpulliklar uni qo‘lga kirtishda "Manchester Siti" bilan raqobatlashishi kerak. Bundan tashqari, tarkibini kuchaytirayotgan "Milan" va Roma" ham Uilsherni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!