
Top-5 chempionatlarda eng ko‘p gol kiritgan 5 to‘purar
“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya La ligasi 35-turida “Valensiya”ga qarshi kechgan bahsda gol kiritishning uddasidan chiqdi va Top-5 chempionatlar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi – 367 ta gol. Shu bois, biz bu borada Ronaldu ortda qoldirgan 4 futbolchini ham sizlarga tanishtirmoqchimiz.
>>“U Messidan ham kuchli bo‘ladi” yoxud Mbappening ajoyib natijalari haqida
>>Yarim finalchilar ilgari o‘zaro qanday o‘ynashgan?
>>APL braziliyaliklar uchun emasmi?
5. Stiven Blumer – 317 ta gol
Blumer ingliz futbolidagi ilk yulduz futbolchi sanaladi. Blumer turli mahsulot va xizmatlarni reklama qilgan ilk futbolchi hamdir. Blumer “Derbi Kaunti” xamda “Midlsbro” jamoalari safida Angliya chempionatida 4 mavsum eng yaxshi to‘purar degan nomni hech kimga bermay kelgan. Blumerda chempionatdagi gollar soni 317 tani tashkil etadi.
>>Ham “Chelsi”, ham “MYu”da o‘ynagan futbolchilar
4. LionelMessi – 337 ta
“Messi bu – “Barselona”, “Barselona” bu – Messi”, - deb aytib o‘tgan edi argentinalik forvardning jamoadoshi Neymar. Messi butun faoliyati davomida 500 dan ziyod gol kiritgan bo‘lsa, shulardan 337 tasi Ispaniya chempionatiga to‘g‘ri kelar ekan. Messi endigina 29 ga to‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, 5 karra “Oltin to‘p” sohibi bu borada yanada yuqorilashi tabiiy.
3. Gerd Myuller – 365 ta
Gerd Myuller butun faoliyati davomida 653 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan. Biroq Bundesligadagi gollari soni esa ancha kam – 365 ta. Shunday bo‘lsada, afsonaviy Myuller hamon o‘z mavqeini yo‘qotgan emas.
2. Jimmi Grivz – 366 ta
Grivz “Tottenxem”, “Chelsi”, “Milan” va “Vest Xem”da o‘ynab yurgan kezlari chempionatda jami 366 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Buncha gol kiritish uchun unga 528 ta bahs kerak bo‘lgan. Ichkilik bilan munosabatlari “yaxshi” bo‘lgan Grivzga 6 mavsum to‘purarlik borasida Angliya chempionatida bahslashadigan futbolchi chiqmagan.
1. Krishtianu Ronaldu – 367
Ronaldu – u haqida bugungi kunda ko‘rmagan, eshitmagan qolmagan bo‘lsa kerak. Ronaldu faoliyatini qanot yarim himoyachisi sifatida boshlagan va shu boisdan ham uning natijalari biroz kamtarin. Ammo shunga qaramay Krishtianu barcha musobaqalarda kiritgan gollari sonini allaqachon 500 taga etqazib olgan. Uning Top-5 chempionatda kiritgan gollari esa 367 tani tashkil etadi. Buncha gol kiritish uchun portugaliyalik yulduzga 485 ta bahs kerak bo‘ldi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar