Tibo Kurtua dunyoning 2018 yildagi eng yaxshi darvozaboni deb topildi

  • 24 fevral, 2019, 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol statistikasi va tarixi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) yakunlangan 2018 yildagi dunyoning eng zo‘r darvozabonini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra "Real" Madrid klubi hamda Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua 181ta ovoz bilan yilning eng yaxshi darvozaboni nomini qo‘lga kiritdi.

Kuchli uchlikdan esa "Tottenxem" klubi hamda Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris (109) va PSJ klubi posboni Janluiji Buffon (59) joy oldi.

Kuchli oltilikka esa Keylor Navas ("Real"), Yan Oblak ("Atletiko") va Mark-Andre ter Shtegen ("Bavariya") kiritildi.

E’tiborlisi, "Manchester Yunayted" klubi va Ispaniya terma jamoasi posboni Davida de Xeaga ushbu ro‘yxatda joy topilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
24/02/2019 13:46
Де Хэанинг чап,Кейлор Наваснинг эса унг соккасига хам арзимайди бу чоти йертик