
Terma jamoaga to‘rt debyutant chaqirildi
2018 yilgi jahon chempionatining Lyuksemburgga qarshi o‘tkaziladigan saralash uchrashuviga Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham to‘rt nafar yangi futbolchini chaqirdi.
"Monako" etakchilari Kilyan Mbappe va Benjamin Mendi, "Marsel" vakili Florian Toven va "Lion" sharafini himoya qilayotgan Korenten Tolisso mamlakat bosh jamoasiga ilk bor taklif oldi.
Umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar: Alfons Areola (PSJ), Benua Kostil (Renn), Yugo Loris (Tottenxem, Angliya).
Himoyachilar: Presnel Kimpembe, Leven Kurzava (PSJ), Loran Koselni (Arsenal, Angliya), Benjamen Mendi, Djibril Sidibe (Monako), Adil Rami (Sevilya, Ispaniya), Bakari Sanya (Manchester Siti, Angliya), Samyuel Yumtiti (Barselona, Ispaniya).
Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (Chelsi, Angliya), Toma Lemar (Monako), Blez Matyuidi, Adrien Rabio (PSJ), Pol Pogba (Manchester Yunayted, Angliya), Korenten Tolisso (Lion).
Hujumchilar: Usmon Dembele (Borussiya D, Germaniya), Kevin Gameyro, Antuan Grizmann (Atletiko, Ispaniya), Olive Jiru (Arsenal, Angliya), Kilian Mbappe (Monako), Dimitri Paye, Florian Toven (Marsel).
Fikrlar