
Temurxo‘ja Abduxoliqov: Qatar chempionati bizning Superligadan kuchsiz emas
Bugun Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig‘ida jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
Tadbirda “Lokomotiv” bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov va jamoasiga kelib qo‘shilgan Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov hamda Nikolay Pogrebnyaklar ishtirok etishdi.
Marosimda Temurxo‘ja Abduxoliqov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Bir muddat Qatar Yulduzlar ligasida to‘p tepgan mahoratli hujumchi Qatar chempionati va Superliga orasidagi tafovvutlarni aytib o‘tdi.
"Qatar futbol mamlakati emas. Biroq futbol sohasidagi barcha narsalar professional tarzda tashkil etilgan. Buni media sohasidan tortib, oddiy chiptalar sotuviga qadar barchasi a’lo darajada shakllanganligida ham kuzatish mumkin. Biroq muxslilar borasida ularda muammolar bor", - deb aytib o‘tdi Abxuxoliqov.
Fikrlar