Tailandlik og‘ir atletikachi qizlarga teng kelib bo‘lmayapti

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkmaniston poytaxtida og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada shu paytgacha 4 vazn toifasida bellashuvlar o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

Unga ko‘ra, medallar jamg‘armasi bo‘yicha Tailand terma jamoasi etakchilik qilmoqda. Ushbu terma jamoa aynan ayollar toifasida kechgan ikkala bahsda ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kecha 49 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlar Chayuttra Pramongxolning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Xitoy terma jamoasi a’zolariga nasib etdi. 

Erkaklar o‘rtasida kechgan -61 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ham Chin o‘lkasi vakillari kumush hamda bronza medallari bilan cheklangan bo‘lsa, g‘alaba indoneziyalik atletga tegdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!