Tailandda hakamlarni tayyorlovchi instruktortlar uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda
FIFA tomonidan Tailand poytaxti Bangkok shahrida hakamlarni tayyorlash instruktorlari uchun seminar o‘tkazilmoqda.
Seminarda yurtimizdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, shuningdek, Vladislab Tseytlin, Yuliya Tarasova va Shuhrat Po‘latov qatnashishmoqda. Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullaev seminarni olib boruvchi mutaxassislar safida ekanini ham alohida ta’kidlash zarur.

Seminarda hakamlarni tayyorlash instruktorlari uchun yangi qo‘llanmalar bilan tanishtirilib, uchrashuvlarga hakamlarni jismoniy tayyorlash va bunda ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritilmoqda.
Seminar 14 oktyabrga qadar davom etadi.
Fikrlar