
Taekvandochimiz Las-Vegasdagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, ayni damda AQShning Las-Vegas shahrida taekvondo bo‘yicha G-2 turkumiga kuruvchi “President’s CUP” xalqaro reyting musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Jahonning 70 ga yaqin davlatidan 1500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini 4 nafar hamyurtimiz himoya qilmoqda. Bunda sportchilar Tokio-2020 Olimpiadasiga reyting ochkolarini yig‘ishni boshlaydilar.
Kecha o‘tkazilgan janglarda 68 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Jaysunov barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa 14 oktyabrgacha davom etadi.
Fikrlar