Sulsher Fergyusonni MYu mashg‘ulotlariga chaqirdi

  • 23 fevral, 2019, 16:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoaning afsonaviy ustozi ser Aleks Fergyusonni ertaga bo‘lib o‘tadigan "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldin jamoa mashg‘ulotlariga taklif qildi.

Tecno

Norvegiyalik mutaxassis shotlandiyalik ustozini muhim bahs oldidan futbolchilarga o‘z maslahatlarini berishni so‘ragan.

“Agar Fergyuson nutq qilsa, biz bundan juda xursand bo‘lamiz. Buni o‘zi xohlasa albatta. Fergyuson g‘alaba qozonishimizda juda muhim ahamiyatga ega”, - deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:05da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!