Suhrob Rahimbekov yangi mavsumga tayyorgarlikni Eronda davom ettirmoqda

CHERY AUTO

Aralash yakkakurashlar jang san’atlari ustasi va olti sport turi bo‘yicha jahon chempioni Suhrob Rahimbekov yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Eronga jo‘nab ketdi.

Tecno

Bu erda u bir oy davomida yunon-rum kurashi ustasi va MMA jangchisi eronlik Amirali Akbari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Mazkur tayyorgarlik vaqtida bir qator xalqaro turnirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng Suhrob mart oyida bo‘ladigan o‘zining navbatdagi jangiga hozirlik ko‘radi.

Suhrob dastlab aralash yakkakurash jang san’atlari bilan 2012 yilda shug‘ullana boshlagan va shundan so‘ng jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida zafar quchgan.

Keyinchalik u taekvando sir-asrorlarini o‘rgandi. Sportchimiz yakkakurash sport turlarining jangovar sambo, ushu sanda, kombat aykido, MMA, JIU-JITSU, NAGA va boshqalarida turli xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Suhrob Rahimbekov g‘olib chiqqan musobaqalar

Jangovar sambo: Xalqaro turnir (Chexiya), Osiyo chempionati (J.Koreya)
Ushu sanda: Jahon chempioni (AQSh), Osiyo chempioni (Toshkent)
Kombat aykido: Osiyo va jahon chempioni
Taekvando: Amerika ochiq chempionati
MMA: Osiyo va Qozog‘iston ochiq chempionati
JIU-JITSU: AQSh ochiq chempionati (5ta NAGA kamari sohibi).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!