
Suares va Messi Rimdagi mag‘lubiyatda kimni ayblashmoqda?
“Barselona” klubi etakchilari kecha “Roma”dan (3:0) uchralgan mag‘lubiyatning asosiy sababchilaridan biriga aniqlik kiritishdi.
Kataloniyaliklar etakchilari hisoblangan Lionel Messi hamda Luis Suaresning fikricha Rimdagi mag‘lubiyatning asosiy sabablaridan biri jamoa himoyachisi Samyuel Umtitining ko‘rsatgan bo‘sh o‘yini hisoblanadi. Urugvaylik va argentinalik futbolchilarning fikricha Umtitini klub bilan tuzilajak yangi shartnoma hayolini olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Roma”ga safarda 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan “Barselona” kecha musobaqani tark etgan edi.
Fikrlar