
Suares "Arsenal"ga o‘tishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi hamon "Barselona" yarim himoyachisi Denis Suaresni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
O‘z navbatida 24 yoshli ispaniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Bundan avvalroq unga shuningdek "Chelsi", "Everton", "Vest Xem" va "Uotford" klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Suares asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar