Sportchilarimiz ochilish marosimiga tayyor

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining tantali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur ochilish marosimi mahalliy vaqt bilan 18.08 da (Toshkent vaqti bilan 16.08) Jakartadagi “Gelora Bung Karno Stadium”da bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimiga O‘zbekiston sport delegatsiyasiga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev boshchilik qilmoqdalar.

Bugun tongda D.Nabiev sportchilar shaharchasida musobaqalar bo‘lib o‘tadigan arenalar bilan tanishdi hamda O‘zbekiston sportchilari bilan uchrashdi. Vazir Osiyo o‘yinlari baxslariga kirishayotgan har bir sportchi mamlakatimiz shuxratini yanada yuksaltirish uchun harakat qilishi lozimligi, Prezidentimiz va xalqimiz sportchilardan katta g‘alabalar kutayotganini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasida bokschi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov Osiyoo‘yinlari ochilish marosimida bayroqdor vazifasini bajardi.

3dcfc18c-9b9f-4789-95ae-75b31f6c73fe 6cc7ee77-2e74-4b1f-8191-219b8b119177

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari har 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Joriy yilgi Musobaqada 40 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. 465 ta medal jamlanmasi o‘ynaladi. 15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shaxslar musobaqada ishtirok etadilar. Osiyo o‘yinlari ilk marotaba ikki shaharda (Jakarta va Palembang)da o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!