
So‘nggi 2ta mundial g‘oliblari bugun "Alyants Arena"da kuch sinashishadi
Bugun Myunxendagi "Alyants Arena" stadionida so‘nggi ikki mundial g‘oliblari – Germaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
Germaniya so‘nggi ketma-ket 3ta o‘yindan buyon Frantsiyani enga olmayapti.
Germaniya va Frantsiya Myunxen shahrida ilk bor to‘qnash kelishmoqda.
Germaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2017 yilning 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan va o‘shg bahs 2:2 hisobida yakunlangan.
Germaniya – Frantsiya
Stadion: "Alyants Arena"
Boshlanish vaqti: 23:45
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)
Taxminiy tarkiblar:
Germaniya: Noyer – Kimmix, Boateng, Xummels, Shults – Goretska, Kroos – Roys, Myuller, Brandt – Verner.
Frantsiya: Areolya – Pavar, Umtiti, Varan, Mendi – Kante, Pogba – Matyuidi, Grizmann, Mbappe – Jiru.
Fikrlar