
Solari Zidanga rahmat aytdi
"Biz juda ham baxtiyormiz, futbolchilarim bunga haqli edilar. Ular bu erga kelish uchun katta ishni amalga oshirishdi. EChLdagi ketma-ket uchinchi g‘alabadan so‘ng yilga yaxshi nuqta qo‘ydik.
Ushbu natijada barchaning - klubning, futbolchilar va murabbiylarning hissalari bor. Biz bu erga Zidan tufayli keldik. Buni kimdir takrorlay olishi juda qiyin", - dedi Solari.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan yozda "Real"dan ketgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa EChLda qatorasiga uch yil g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar