
Solari "Atletiko"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari bugun La Liganing 23-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Raqib taktik jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega. Shu bois ijobiy natijaga erishishimiz uchun imkon qadar tezroq harakat qilishimiz lozim.
“Real” hozir ajoyib formada, ammo “Atletiko”ga qarshi o‘yin oson kechmaydi. Qo‘l ostimizdagi barcha qurollardan foydalanishimiz lozim”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" – "Real" uchrashuvi 20:15da start oladi.
Fikrlar