
"So‘g‘diyona"-"Neftchi". Prevyu
E’tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.
Ushbu mavsumda
Birinchi davra 2-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Neftchi” ni qabul qildi va ushbu uchrashuvda hisob ochilmagan edi.
Pepsi Superliga 13-turida jamoamiz Farg‘onada “Neftchi” ga qarshi bahs olib borgan edi. Bahsning 3- daqiqasida Shoxruz Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa,56-daqiqada Doniyor Hasanovning uzatmasidan Oybek Nurmatov hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib kelgan edi.
O‘zaro o‘yinlar
“So‘g‘diyona” va “Neftchi” oliy ligada 44 bor, Superligada esa 2 marta to‘qnash kelgan. “So‘g‘diyona” hisobida 8, “Neftchi” hisobida 28 ta g‘alaba mavjud. 10 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik farg‘onaliklar tomonda 36:92 . “So‘g‘diyona” 34 ochko, “Neftchi” 94 ochko to‘plagan.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv :
10.03.2018 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:0
22.04.2017 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:1
26.08.2016 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 1:0
12.09.2015 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:1
21.05.2014 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 2:0
O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 22 ta o‘yindan 5 tasida “So‘g‘diyona”, 10 tasida “Neftchi” g‘alaba qozongan. 7 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.
Fikrlar