Slalomchilarimiz Osiyo chempionatini kumush medallar bilan boshlashdi

CHERY AUTO

Musobaqada qit’amizning 9 davlatidan yig‘ilgan eng sara sportchilar ishtirok etishmoqda.

Tecno

Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dastlabki g‘alabalarni qo‘lga kiritdilar. Kayak yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda Janibek Temirgaliev, David Ernest, Barkamol Mirzahamdamovlar ikkinchi bo‘lib marraga etib bordilar va kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Kanoe yo‘nalishida startga chiqqan Sirojiddin Qo‘chqorov, Abubakir Bukanov va Ismoilbek Abdumanapovlar ham shijoat va mahoratda o‘z jamoadoshlaridan qolishmadilar va yakunda ular ham kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati 6 noyabrgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!