
Simeonega o‘g‘li kerak emas
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Italiya chempionatida "Jenoa" tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynab, Evropaning kuchli klublari e’tiboriga tushgan o‘g‘li Jovannini Madridga olib kelmaydigan bo‘ldi.
Mutaxassislar Evropa futbolida ilk mavsumini o‘tkazayotgan Jovannini "Atletiko"ga kelishini taxmin qilayotgan edi.
- Jovanni "Jenoa"da zo‘r o‘ynayapti va Italiya chempionatida dastlabki mavsumda 11 ta gol urish oson ish emas, - dedi Diego Simeone. - Men uni o‘z jamoamga olmaymanyu Chunki bu unga qo‘shimcha masuliyat yaklaydi va o‘yini salbiy ta’sir qiladi.
Jovanni Simeone "Jenoa" tarkibida 28 ta o‘yinda 11 ta gol urdi.
Fikrlar