
Simeone “Barselona”ga qarshi 18ta futbolchini ro‘yxatga kiritdi
Xabaringiz bor bugun Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasida “Barselona” o‘z maydonida Madridning “Atletiko” klubini qabul qiladi.
“Matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone “Atletiko”ni finalga olib chiqishiga ishongan 18ta futbolchi ro‘yxatni e’lon qildi. Argentinalik mutaxassis bu tarkibga yaqinda Afrika millatlar kubogi musobaqasida ishtirok etib qaytgan ganalik Teye Tomasni ham kiritdi.
Quyida Simeone tanlagan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Migel Moyya, Andre Moreyra;
Himoyachilar: Diego Godin, Filipe Luis, Stefan Savich, Shime Vrsalko, Lukas Ernandes, Xuanfran;
Yarim himoyachilar: Koke, Saul Niges, Yannik Karrasko, Teye Tomas, Gabi, Nikolas Gaytan, Xuan Moreno;
Hujumchilar: Antuan Grizmann, Fernando Torres, Anxel Korrea, Kevin Gameyro.
Eslatib o‘tamiz, Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yin 1:2 hisobida "Barselona" g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da "Kamp Nou"da boshlanadi.
Fikrlar