
Shvetsiya termasi bosh murabbiyi: Biz JCh darajasiga qaytdik
Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson Millatlar ligasi doirasida Turtsiyaga qarshi bahs natijalari (1:0) haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘yin natijasidan mamnunmiz. Oldimizga qo‘ygan maqsadni bajardik. Tan olish lozim, Turtsiya kabi qobiliyatli jamoa yutqazishni xohlamasligi aniq edi. Biroq biz g‘alabaga loyiq edik.
O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, yaxshi xujumlarni tashkillashtirdik. Biz oldinga katta qadam qo‘ydik va JCh darajasida o‘ynashga qodir ekanligimizni ko‘rsatdik, - dedi Andersson.
Fikrlar