Shunchaki dahshat: Muhammad Saloh EChLda eng tezkor futbolchi

  • 26 may, 2018, 11:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

UEFA rasmiy sayti joriy mavsumning Evropa Chempionlar Ligasidagi eng tezkor TOP-5 futbolchilarini e’lon qildi.

Ushbu mavsumning haqiqiy kashfiyotiga aylangan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 33,8 km/soat bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘rindan 33,5 km/soat ko‘rsatkich bilan “MYu”ning yosh iqtidori Markus Reshford joy oldi.

3–4 o‘rinlarni “Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker va “Barselona” forvardi Usmon Dembele o‘zaro bo‘lishib olishdi. Ularning maksimal tezligi 33,3 km/soatga teng bo‘ldi.

“Roma” a’zosi Kostas Manolas 33,1 km/soat bilan kuchli beshlikka yakun yasadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!