CHERY AUTO

Shohjahon Ergashev bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

  • 27 fevral, 2019, 17:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

1 mart kuni soat 10:00da Toshkent davlat Iqtisodiyot Universitetida charm qo‘lqop ustasi ishtirokida tadbir tashkil qilinadi. Unda Shohjahon Ergashev yig‘ilganlarga master-klass namoyish etib beradi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Shuningdek, bokschimiz ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Universitet talabalari uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlari ham taklif qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev shu kungacha professional ringda 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!