
Shaxmatchilarimiz Osiyo millatlar kubogidan 9 ta medal bilan qaytishmoqda
7 iyul – 4 avgust kunlari Eronning Hamadon shahrida shaxmat bo‘yicha Osiyo millatlar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Osiyoning 14 mamlakatidan kelgan eng mahoratli sportchilar ishtirok etgan ushbu turnirda jami 9 ta medal: 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Xususan, hamyurtlarimiz quyidagi yo‘nalishlarda medallarni qo‘lga kiritishdi.
Standart:
Irina Gevorgyan, Sevara Boymurodova – kumush;
Gulruhbegim Tohirjonova – bronza.
Rapid:
Javohir Sindorov – oltin;
Sarvinoz Qurbonboeva – kumush;
Nodira Nodirjonova, Abdumalik Abdusalimov, Sevara Boymurodova – bronza.
Blits:
Sevara Boymurodova – kumush.
Fikrlar