Shaqiri Serbiya - Shveytsariya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi

  • 23 iyun, 2018, 07:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Xerdan Shaqiri Serbiyaga qarshi kechgan uchrashuvda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Tecno

Uchrashuv Kaliningradda bo‘lib, shveytsariyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shaqiri 90-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi Shveytsariya termasi hal qiluvchi bahsda Kosta-Rika bilan Nijniy Novgorodda kuch sinashsa, Serbiya termasi Moskvada Braziliya termasiga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o‘yin ham 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!