
"Shanxay SIPG" chempionlikni qay tarzda nishonladi? (Video)
Avval xabar berganimizdek kecha Xitoy Superligasida 29-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi ushbu turda “Beyjin Jenxe” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng Ahmedovning jamoasi o‘z ochkolari sonini 68taga etkazib oldi va so‘nggi tur oldidan eng yaqin taqibchisi hisoblangan “Guanchjou Evergrand”ni naqd 8 ochkoga ortda qoldirdi. Shu tariqa “Shanxay SIPG” muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori darajada tashkillashtirildi. Quyida aynan mazkur jarayondan olingan videolavha bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar