
Shakira Pikeni rashk tufayli Messining to‘yiga jo‘natmaydi
"Barselona" etakchisi Lionel Messi yozda Antonella Rokutstso bilan munosabatlarini rasmiylashtirib, to‘y qilishni ma’lum qilgan. Biroq, bu to‘yda Messining jamoadosh do‘sti Pike rafiqasi Shakira tufayli qatnasha olmaydi.
Gap shundaki, mashg‘ur xonanda Shakira va Antonella Rokutstso o‘zaro yomon munosabatda. Chunki Pikening avvalgi mahbubasi Nuriya Tomas Antonellaning yaqin dugonasi bo‘lgan. Shakira Pikening Nuriya bilan munosabatini bilgan holda u bilan turmush qurushga harakat qilgan va maqsadiga etgan.
Messining to‘yi iyun oyiga belgilangan va hammaga taklifnoma jo‘natilgan. Biroq Shakira bu taklifni qabul qilmadi. Pike to‘yga bormaydi. Lekin bu ikki futbolchining o‘zaro munosabatiga ta’sir qilgani yo‘q.
Fikrlar