
Shakira Pikega “xo‘jayinlik” qilmaydi
“Barselona” himoyachisi Xerard Pikening xotini mashhur Shakira Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokutstso bilan munosabatlari yomon degan gaplarni inkor etdi.
“Bunday ma’lumot qaerdan keldi bilmayman. Men Pike bilan to‘yga birga borishim mumkin. Boisi, Pike Messi bilan bolalikdan do‘st sanaladi, - deb xonandaning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.
Oldinroq, “El Pais” Pike do‘stining to‘yini xotini va Messining rafiqasi o‘rtasidagi yomon munosabat tufayli o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Messi xamda Rokutstsolarning to‘yi esa iyun oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan.
Fikrlar