ShOK! "Xotira-79"da ahvol og‘ir, jamoa futbolchilari faqat o‘yin kunlari yig‘ilishmoqda

  • 23 oktabr, 2018, 21:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor bugun Pro-liganing "B" guruh jamoalari 31-tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

Ushbu turda Namanganning "Xotira-79" jamoasi o‘z maydonida Samarqandning "Sherdor" jamoasini qabul qildi va 7:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so‘ng "Xotira-79" jamoasi ximoyachisi Sanjar Toshpo‘lotov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam jamoamizga jismoniy kuch etishmadi. Bugungi bahsda tarkibimizda 5 nafar yosh futbolchi harakat qildi. Mag‘lubiyatning yana bir sababi jamoa faqat o‘yin kunlari yig‘ilmoqda. Jamoaning moddiy ahvoli og‘ir va shu sababli mashg‘ulotlar bo‘lmayapti. Natijada esa futbolchilarning jismoniy holati yomon holatga kelib qoldi", - "Xotira-79" himoyachisi.

Azizbek Abdug‘aniev suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!