Sezar Aspilikueta: “Chelsi” o‘sishda davom etishi lozim

  • 1 oktabr, 2018, 05:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Sezar Aspilikueta jamoaning mavsum boshidagi starti haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Bizda murabbiy almashdi, yangicha o‘yin uslubiga o‘tdik. Mavsum boshlanishidan avval yanada kuchliroq bo‘lish uchun ko‘p ishladik. Lekin “Chelsi” o‘sishda davom etishi kerak. Jismoniy holatimizning yuqori holatiga chiqish uchun tinimsiz mehnat qilishimiz kerak.

So‘nggi ikki o‘yinda jamoa ikki ochko yo‘qotdi. Albatta, biz har bir o‘yinda maksimal ochko olishni istaymiz. Oxirgi ikki bellashuvda g‘alaba qozonmadik, shu sababli ozgina qo‘shishimiz lozim”, – dedi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” APL 7-turdan keyin 17 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!