Sergey Lushchan: Buyog‘iga ko‘proq ochko jamg‘armasak bo‘lmaydi

  • 13 sentabr, 2018, 23:53
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Qiyin uchrashuv bo‘ldi. O‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rishga uringandik. Raqib jamoa o‘yinini imkon qadar yaxshiroq o‘rganishga harakat qildik. “Qizilqum” hozirda qarshi hujumlarda ancha shiddatli o‘ynayotganini bilardik. Lekin baribir kutilmagan vaziyatlarda gol o‘tkazib yubordik.

Himoyachilar xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Ko‘pgina uchrashuvlarda o‘yin boshidayoq gollar o‘tkazib yuboryapmiz. Ruhiy jihat ustida ham yaxshigina ishlashimiz lozim ko‘rinadi. Zero bundan buyon har bir o‘yinda imkon qadar ko‘proq ochko jamg‘armasak bo‘lmaydi", - deb Lushchanning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!