Saul Alvares sport tarixidagi rekord shartnomani imzoladi

  • 18 oktabr, 2018, 17:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha o‘rta vaznda jahon chempioni meksikalik Saul Alvares translyatsiyalar bo‘yicha DAZN tizimi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi ESPN nashri. Bu kelishuv unga 365 million dollar mablag‘ keltiradi.

Tecno

Bu shartnoma sport tarixida moliyaviy tomondan eng yirik kelishuv hisoblanadi va yangi rekord sifatida tarixdan joy oladi. Besh yilga mo‘ljallangan shartnomaga ko‘ra, bokschi 11 ta jang o‘tkazishi kerak.

Avvalroq eng yirik shartnomani beysbolchi Jankarlo Stenton “Mayami” jamoasida 13 yil davomida 325 million dollar ishlab topgan.

15 dekabr kuni Alvares o‘zining navbatdagi jangini Rokki Fildingga qarshi o‘tkazadi. Jang Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi. DAZN sport voqealarini translyatsiya qiladi. Bu tizim shuningdek, ba’zan Italiya chempionati o‘yinlarini ham translyatsiya qilib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!